Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiya bilan "jonlangan munosabatlar" saqlanib qolganini bildirdi
Foto: AFP
Ikki mamlakat o‘rtasidagi keskinlikka qaramasdan, AQSh Turkiyaning ishonchli ittifoqchisi bo‘lib qolishda davom etadi, deyiladi Anqaradagi Amerika elchixonasining bayonotida.
"Mavjud keskinlikka qaramasdan, AQSh Turkiyaning ishonchli do‘sti va ittifoqchisi bo‘lib qolishda davom etadi. Mamlakatlarimiz jonlangan iqtisodiy munosabatlarni saqlab kelishmoqda", — Amerika elchixonasining Twitter’da e'lon qilingan bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh moliya vazirligi Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu va adliya vazirligi rahbari Abdulhamid Gulga nisbatan shaxsiy sanksiyalar joriy etdi. Bu Anqaraning Turkiyada hibsga olingan amerikalik pastor Endryu Bransonni ozod qilish istagi yo‘qligi bilan bog‘liq.
Amerikalik pastor FETÖ tashkiloti bilan aloqadorlikda hamda mamlakatda taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashda ayblanib 2016 yil oktabrdan buyon Turkiyada hibsda ushlab turilibdi.
Mavzuga oid
22:35 / 25.05.2026
AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga qarshi yangi suiqasd deb atadi
21:30 / 25.05.2026
Urushning uch oyi o‘tdi: Tramp Eronda yutqazyaptimi?
19:31 / 25.05.2026
AQSh mamlakat ichidagi chet elliklardan Green Card arizalari qabul qilishni cheklaydi
18:34 / 25.05.2026