Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Gruziya yaqin yillar ichida NATO tarkibiga kirolmaydi” - Litva TIV rahbari
Foto: AP
Gruziya yaqin orada NATO tarkibiga kira olmaydi. Tbilisi valyuta integratsiyasini rad etmasagina ushbu imkoniyat saqlanib qolishi mumkin, deya xabar berdi Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus Žinių radijas radiostansiyasiga bergan intervyusida.
NATO va Gruziyaning institutsional hamkorligi mamlakat “Tinchlik yo‘lida hamkorlik” dasturi ishtirokchisiga aylanganida (1994 yil) boshlangan. 2004 yili “Atirgullar inqilobi”dan so‘ng ikki tomon munosabati ancha yaqinlashgan. 2008 yil aprelida Buxarestda o‘tkazilgan NATO sammitida Gruziya ittifoq tarkibiga kirishi mumkinligi e'lon qilingandi. 2014 yildagi Uels sammitida esa Gruziyaning NATOga a'zo bo‘lishi bo‘yicha mezon ishlab chiqilib tasdiqlangandi. Ushbu me'yorga asosan Gruziyada doimiy ravishda harbiy mashg‘ulotlar amalga oshiriladi.
“Gruziyaning NATOga kirishi noma'lumligicha qolmoqda. Lekin mamlakatda harbiy sohasida islohotlar olib borilishini talab qilamiz. Buning bari uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Agar Gruziya hukumati tanlangan kursni rad etmasa NATOga kirish imkoniyati ortadi”, - dedi Linkyavichyus.
Mavzuga oid
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026
RF dengiz tubiga yadroviy qurol joylashtirishi mumkinligi aytildi
21:31 / 21.05.2026
Litva TIV rahbari NATO kuchlari Rossiyaning Kaliningraddagi harbiy bazalarini «yer bilan bitta qila olishi»ni aytdi
08:58 / 20.05.2026