Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar Yerning «issiqxona»ga aylanishini taxmin qilishdi
Foto: WallFizz
Olimlarning aniqlashicha, 2050 yilga borib Yerdagi o‘rtacha harorat yana 4-5 darajaga ko‘tarilishi mumkin, bu hattoki global isish doirasi uchun 1,5-2 darajani belgilaydigan iqlim bo‘yicha Parij bitimiga amal qilinsa ham yuz beradi. Bu haqda RIA «Novosti» PNAS jurnalida e'lon qilingan xalqaro olimlar guruhining maqolasiga asoslanib xabar qilmoqda.
Tadqiqotning yetakchi muallifi, Avstraliya milliy universiteti xodimi Uill Steffenning so‘zlariga ko‘ra, harorat bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishilsa ham, Yerning «issiqxona»ga aylanish ehtimoli baribir saqlanib qoladi.
Ta'kidlanishicha, Yerdagi harorat o‘n yilda 0,17 darajaga ko‘tarilib bormoqda.
Olimning fikricha, Yerdagi harorat nafaqat parnik gazlar chiqarib tashlanishi bilan belgilanmaydi.
Tadqiqotchilarning taxminicha, 2 darajalik antropogen isish issiqlikni tezlashtiradigan, «teskari aloqa» deb ataluvchi boshqa jarayonlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Umuman olganda, o‘nta bunday jarayon aniqlandi. Ularning orasida abadiy muzliklarning erishi, okean tubidagi metangidratning parchalanishi, tropik o‘rmonlar va Shimoliy yarim shardagi o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi hamda bu hududda qor qoplamining pasayishi bor.
Olimlarning fikricha, bu jarayonlar muayyan sayyora «stress darajasini» yengib o‘tishda orqaga qaytarilmas holga keladi.
Mavzuga oid
07:39 / 16.02.2026
Yerning yashirin geografiyasi: botanik qit’alar
07:23 / 07.02.2026
Reyting: tadqiqot va ishlanmalarga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar
22:17 / 23.01.2026
Olimlar videoo‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlarning o‘smirlar ruhiyatiga zararini rad etdi
17:19 / 20.01.2026