Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Urganch» xalqaro aeroporti qachondan ishga tushirilishi ma'lum
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
«Urganch» xalqaro aeroporti 2018 yil 8 avgustdan boshlab yo‘lovchi avialaynerlarini qabul qila boshlaydi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, 8 avgustdan boshlab aeroport ichki yo‘nalishlarda reyslarni qabul qiladi va oddiy rejimda ishlaydi.
«Urganch» aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburgga reyslar 2018 yil 10 avgustdan boshlab qayta tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, «Urganch» aeroporti 2018 yil 16 iyuldan texnik sabablar va harorat rejimi tufayli vaqtincha yopilgandi.
Avvalroq, Urganch xalqaro aeroporti 10 avgust kuni ishga tushirilishi rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026
Dubayning ikki aeroporti dushanba kuni kechqurun cheklangan rejimda ish boshlaydi
17:47 / 24.02.2026