Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Discovery telekanali bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Senator Alisher Kurmanov mutasaddi vakillar O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib etish maqsadida Discovery telekanali bilan hamkorlik masalalarini o‘rganib chiqayotganini bildirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, ayni paytda O‘zMTRK «Dunyo bo‘ylab» kanalining xalqaro imijini oshirish bo‘yicha rejalar tuzilmoqda. Shuningdek, Mening fikrim veb-portalida «Ta'lim» telekanalini ochish haqida murojaat paydo bo‘ldi.
«Bugun mamlakatimizda yoshlarga ana shunday e'tibor berilmoqda. Barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bugun yoshlarning ta'lim jarayonidagi muammolarini o‘rganish, ularning yutuqlarini ommalashtirish, yoshlarning, ayniqsa uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ta'lim va fan sohasiga oid telekanal tashkil etish kerak», - deyiladi murojaat matnida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, O‘zMTRK «Dunyo bo‘ylab» kanalining «Turizm 365» kanaliga o‘zgartirilishi rejaga kiritilgani haqida ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
22:50 / 03.06.2026
80 ming aholiga mo‘ljallangan dunyodagi birinchi suzuvchi shahar loyihasi qayta tiklandi
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
18:32 / 27.05.2026