Özbekiston böylab doimiy sayohatga boradigan fuqarolar uçun soliq imtiyozlarini yaratiş hamda mamlakatda içki turizmini yanada rivojlantiriş maqsadida iş rejasi jamoatçilik bilan muhokama qilinmoqda. Şuningdek, uşbu maqsadlar qatorida ÖzMTRK «Dunyo böylab» kanalining «Turizm 365» kanaliga özgartirilişi rejaga kiritilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Aziz Abduhakimov sözlariga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
«Ayni paytda sayyohlik madaniyatini yuksaltiriş borasida köp işlar qilinişini talab etmoqda. Buning uçun biz barçamiz birgalikda harakat qilişimiz lozim. Şu örinda har bir soha vakillari uçun alohida yönalişlar körsatişimiz mumkin», deb ta'kidlagan qömita raisi 9 yanvar kuni taşkillaştirilgan yiğilişdagi nutqi davomida.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Musulmonlar idorasiga «Ziyorat turizmi» böyiça birinçi hafta Imom Al-Buxoriyni, keyingi hafta Zangiotani va yana boşqa islom ulamolarini qabri va madrasalarini ziyorat qilişga tarğib etişda qöllanuvçi (jami 52 hafta uçun möljallangan) materiallardan foydalaniş tavsiya etilgan.

Özbekiston Yoşlar ittifoqi taşkiloti yoşlarimiz uçun toğ sporti turizmini taşkil etişi, Oliy va örta maxsus ta'lim hamda Xalq ta'lim vazirligi uçun turizm böyiça fan taşkil etişlari, kollej öquvçilariga esa industrial tur joriy etiş, Içki işlar vazirligi xodimlarining oilaviy turlarini taşkillaştiriş taklifi bildirildi.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi «har bir taşkilotning özida tur firmalar» oçiş kerakligini öz nutqida bildirib ötdi.
«Boşqa soha vakillari esa öz yönalişidan kelib çiqib, tarğibot işlarini amalga oşirsa, nur ustiga a'lo nur böladi. Bu esa har bir sohada içki turizmni rivojlantiriş böyiça qöllanmalar yaratişni taqozo etmoqda.
Şuningdek, taşkilotlar nomidan yuboriladigan vakillar uçun 50 % çegirma qilib beriş (mehmonxona, transport va kafe-restoranlar uçun), şu bilan bir qatorda mamlakatimiz böylab doimiy sayohatga boradigan fuqarolarimiz uçun soliq imtiyozlari yaratiş hamda eng muhimlaridan biri «Dunyo böylab» kanalining «Turizm 365» kanaliga özgartirilişi ham rejaga kiritilgan. Bir söz bilan aytganda, turizm milliy ğoyaga aylanişi lozim!», deya ta'kidlab ötdi qömita raisi.

















