Jahon | 19:19 / 08.08.2018
8633
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda ilk bor musulmon ayol kongress a'zosi bo‘lishi mumkin

Foto: AP/ Al Goldis

Kelib chiqishi falastinlik bo‘lgan Rashida Tlaib AQSh kongressiga dastlabki saylovlarda g‘olib chiqdi va kongressmenlikni qo‘lga kiritgan ilk musulmon ayol bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Huffington Post nashri.

U 2008 yilda Michigan shtati qonunchilik organidagi dastlabki musulmon ayol bo‘lgandi.

Michiganda bo‘lib o‘tgan dastlabki saylovlarda u besh nafar partiyadoshidan ko‘ra ko‘proq ovoz oldi. 

Nashrning yozishicha, Tlaib kongressda qator takliflarni, xususan, barchaga tibbiy sug‘urta berilishi, minimal ish haqini soatiga 15 dollar miqdorida belgilash, AQSh immigratsion-bojxona politsiyasini yopish takliflarini olg‘a surmoqchi.

Mavzuga oid