Jahon | 08:42 / 05.09.2025
2550
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kongressi Epshteyn ishi bo‘yicha hujjatlar to‘plamini e’lon qildi

AQSh Vakillar palatasining nazorat qo‘mitasi veb-saytiga Epshteyn ishi bilan bog‘liq 33 ming sahifali hujjatlarni joylashtirdi. Demokratlarning aytishicha, ularning 97 foizi allaqachon jamoatchilikka ochiq.

Foto: REUTERS

AQSh Vakillar palatasi qo‘mitasi moliyachi Jyeffri Epshteynning shov-shuvli ishi bilan bog‘liq minglab sahifali hujjatlarni e’lon qildi. Adliya vazirligi tomonidan topshirilgan 33 ming sahifadan ortiq fayllar Nazorat va hukumat islohoti qo‘mitasining veb-saytiga yuklandi.

Epshteyn tergoviga oid minglab sahifali hujjatlar avval ham e’lon qilingan. «Biz bu hujjatlarni to‘liq shaffoflikni ta’minlash va Amerikadagi hamma uchun ochiq qilish uchun yuklayapmiz», dedi qo‘mita raisi Jyeyms Komer. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mita yuklash jarayonini imkon qadar tezroq yakunlamoqchi.

Vakillar palatasi qo‘mitasi, shuningdek, Adliya vazirligidan qo‘shimcha hujjatlar olishni kutayotganini aytdi. Hozirda ular qurbonlarning shaxsini himoya qilish va «bolalar jinsiy zo‘ravonligi bilan bog‘liq barcha materiallarni» olib tashlash uchun ko‘rib chiqilmoqda, deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid