Jahon | 16:09 / 08.08.2018
10575
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Rossiyani «terrorizm homiysi» sifatida tan olish taklif etildi

Foto: Alexander Zemlianichenko/AP

AQShda senatorlar Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishni nazarda tutadigan yangi qonun loyihasini ishlab chiqdilar. Bu haqda «Kommersant'» xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qonun Amerika Qo‘shma Shtatlari Respublikachilar partiyasining a'zosi Lindsi Grem va uch nafar boshqa senator tomonidan taklif qilindi. Ular Amerika yetakchisi Donald Trampni davlat muassasalari faoliyatiga «Rossiya hukumati yoki boshqa xorijiy o‘yinchilar tomonidan aralashishga» qarshi turishga chaqirdilar. Bundan tashqari, ular Rossiya tomonini «terrorizm homiysi bo‘lgan davlat» deb tan olish to‘g‘risida taklif kiritdilar.

Hujjatga ko‘ra, Rossiya Suriya yetakchisi Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishi va «Qrimni Ukraina hukumati nazorati ostiga qaytarishi» kerak.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saakashvili 2008 yilgi voqealar va Putinga «yordam berib yuborgan» oligarx haqida gapirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid