10:23 / 08.08.2018
30481

Saakashvili 2008 yilgi voqealar va Putinga «yordam berib yuborgan» oligarx haqida gapirdi

Foto: AP Photo/Sergei Chuzavkov

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili 2008 yil voqealaridan so‘ng Moskva va Tbilisi o‘rtasidagi munosabatlar haqida fikr bildirdi. Rossiya, uning fikriga ko‘ra, urushda hech qanday g‘alaba qozonmadi, balki faqat obro‘siga zarar yetdi hamda insoniy yo‘qotishlarga uchradi. Bu haqda u «Novaya gazeta»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Jurnalistning mojaroda kim g‘alaba qozongani haqidagi savoliga Saakashvili javob bermadi. «Bu hali ham rivojlanib borayotgan vaziyat», - deya aniqlik kiritdi u. Gruziya sobiq yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, 2008 yilda Rossiya uning hukumati va siyosatini o‘zgartirishga erisha olmadi, biroq qisman 2012 yilda buni uddaladi.

«Ular [Moskva] rossiyalik oligarx, «Gazprom»ning eng yirik xususiy aksiyadori Ivanishvilining (Saakashvilidan keyingi Gruziya prezidenti - tah.) yordami bilan Tbilisida kun tartibini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘sha urushdagi Putinning birinchi g‘alabasi edi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

6 avgust kuni Saakashvili Rossiyani 2008 yilda bostirib kirganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mojaro boshlanishidan ancha oldin Janubiy Osetiya hududida muntazam rus qo‘shinlari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2007 yilda AQSh Davlat departamenti Rossiyaga Saakashvili bo‘yicha va'da bergani xabar qilingandi. 

Top