Jahon | 16:25 / 08.08.2018
6209
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada tayfun tufayli 89 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Foto: AFP

Yaponiyaning meteorologiya agentligi chorshanba, 8 avgust kuni Tiba prefekturasidagi Mobara shahrining 89 ming aholisini «Shanshan» tayfuni yaqinlashishi sababli evakuatsiya qilishni tavsiya qildi. Bu haqda Mobara shahrining rasmiy saytida xabar berilgan.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Mobaradagi 40 349 uyda istiqomat qiluvchi 89 963 aholini evakuatsiya qilish haqida tavsiyalar berilgan. Mahalliy rasmiylar tayfun qamrab olgan tumanlar aholisini vaqtincha joylashtirish uchun 33ta evakuatsiya markazlari ochilgani haqida xabar berishdi.

Shuningdek, matbuot xizmatidan ta'kidlashlaricha, yomg‘irlar oqibatida Itinomiya daryosidagi suvning miqdori oshgan, shu sababdan suv toshqini xavfi mavjud.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid