07:37 / 08.08.2018
7864

Davlat departamenti Pompeo Poroshenkoga chaqiriq bilan chiqqani haqida xabar berdi

Foto: AP

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muzokaralar olib bordi va uni Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) talablariga rioya etishga chaqirdi. Bu haqda Davlat departamenti rasmiy vakili Xizer Nauert, deya xabar bermoqda RIA «Novosti».

Qo‘shma Shtatlar tashqi siyosat idorasining matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, Pompeo va Poroshenko bir qator ikki tomonlama masalalarni ham muhokama qilishdi.

«Davlat kotibi yaqinda korrupsiyaga qarshi sud to‘g‘risidagi va milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun o‘tganini ma'qulladi, shuningdek, Ukrainani XVFning bajarilmagan talablarini amalga oshirishga chaqirdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Nauert.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukrainadagi saylovlarga Rossiya aralashishi mumkinligidan tashvish bildirgandi

Mavzuga oid
Top