Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainadagi saylovlarga Rossiya aralashishi mumkinligidan tashvish bildirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga Rossiya tomonidan bo‘lajak saylovlarga aralashuv tayyorlanayotgani tufayli bunga qarshi kurashish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish haqida topshiriq berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ukrainada prezidentlik va parlament saylovlari 2019 yilning bahor va kuzida bo‘lib o‘tadi.
«Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga saylovlarga aralashuvga qarshi kurashish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazishni haqida topshiriq beraman», - deya yozgan Poroshenko feysbukdagi sahifasida.
Shu bilan birga, uning ta'kidlashicha, «Kiyev, Bryussel va Vashingtonda» Kreml saylov jarayonlariga keng ko‘lamli aralashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgani borasida hech qanday shubha yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada Rossiya bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatish rejalari haqida ma'lum qilishgandi.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026