Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olga Zabelinskaya nega Rossiya terma jamoasidan voz kechganini tushuntirib berdi
Foto: globallookpress.com
Velosipedchi Olga Zabelinskaya nima sababdan Rossiya terma jamoasi uchun musobaqalarda ishtirok etishdan bosh tortganini tushuntirib berdi, deya xabar beradi «Match TV».
«Men yoshimni sezmayapman va Tokioda medallar uchun kurashishga tayyorman. Lekin oxirgi ikki Olimpiya o‘yinlarida Rossiya sporti atrofida nimalar bo‘layotganini o‘zingiz ko‘rayapsiz.
Bularning barchasi Rioda boshlandi, keyin Pxenchxanda vaziyat yomonlashdi va, mening nazarimda, Tokioda bundan ham yomonroq bo‘ladi. Men 2020 yilgi Olimpiada o‘yinlarida Rossiya bayrog‘i ostida ishtirok etmasligimga 99 foiz ishonaman», - deya ma'lum qildi sportchi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun musobaqalarda qatnashish 2017 yilning kuzida taklif etilgan, keyin velosipedchi bir qarorga kelish uchun vaqt olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Olga Zabelinskaya yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
07:18 / 09.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
08:33 / 08.05.2026