Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Xalqaro chempionlar kubogida «Roma»ni mag‘lub etdi
Foto: AFP
«Real» Xalqaro chempionlar kubogi uchrashuvida «Roma»ni mag‘lub etdi. Ist-Ruterforddagi (AQSh) «Metlayf» stadionida kechgan bahs ispan klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
«Real» futbolchilari uchrashuvning ikkinchi daqiqasida hisobni ochishdi. Garet Beylning to‘p uzatishidan so‘ng Marko Assensio gol urdi. Oradan 13 daqiqa o‘tib uelslik hujumchining o‘zi ispaniyalik Daniel Karvaxal yordamida nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Uchrashuv oxirlarida, 83-daqiqada «Roma» gollandiyalik Kevin Strotmanning yordamida oradagi farqni qisqartirdi.
Shu tariqa, «Real» musobaqadagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va 3 o‘yinda 6 ochkoga ega bo‘ldi. «Roma» 3 uchrashuvdan so‘ng 3 ochko to‘pladi.
Real Madrid Ispaniya – Roma Italiya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 2 Asensio, 2:0 – 15 Beyl, 2:1 – 83 Strotman.
Real Madrid – Navas, Ramos (Xaver Sanches, 46), Regilon (Leon, 71), Karvaxal (Serxio Lopes, 71), Nacho (de Tomas, 82), Isko (Valverde, 56), Kroos (Lorente, 46), Asensio (Vinisius Junior, 57), Sebalos (Edegor, 71), Beyl (Vaskes, 56), Benzema (Mayoral, 57).
Roma – Olsen (Mirante, 46), Markano (Jyezus, 63), Fasio (Manolas, 46), Kolarov (Santon, 71), Florentsi (Karsdorp, 63), Pastore (Strotman, 63), de Rossi (Gonalon, 46), El-Shaaravi (Shik, 46), Kristante (Pellegrini, 46), Perotti (Klyuyvert, 46), Djyeko (Chorich, 72).
Ogohlantirish: Sebalos (50).
Mavzuga oid
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026