Jahon | 12:51 / 08.08.2018
5990
1 daqiqa o‘qiladi

Slovakiyada qushlar uchun sun'iy orol barpo etiladi

Foto: livejournal.com

Slovakiyaning Oravskaya to‘g‘onida joylashgan “Tog‘li Orava” tabiat bog‘ida qushlar uchun maxsus orol quriladi. U plyajlardan uzoqroqda, turistlar uchun yopiq hudud bo‘ladi. 

Bu o‘sha joydagi ikkinchi qushlar oroli hisoblanadi. Birinchi orolda 2 mingga yaqin qush turi yashaydi (asosan suvda suzuvchilar). Bog‘ ma'muriyati ularning miqdorini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

Ikkinchi orol 2019-2020 yillarda quriladi. “Tog‘li Orava” qo‘riqxonasi Yevropaning Natura 2000 tabiatni muhofaza qiluvchi hududiy tarmog‘i tarkibidagi maskandir.   

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid