Aqto‘be fojiasi. Sud ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 52 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchining hayotiga zomin bo‘lgan avtobus ishi bo‘yicha sudning navbatdagi majlisi noma'lum muddatga qoldirildi. Bu haqda «RIA Novosti» Aqto‘be viloyati sudi vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
«Hozircha qoldirildi... Ular (ayblanuvchilarning himoyachilari) sud ishini Aqto‘bega ko‘chirishmoqchi», - deya aytib o‘tdi agentlik suhbatdoshi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu asosiy sud majlislari bo‘lib o‘tishi belgilangan Irgiz qishlog‘ida advokatlarning yashashi uchun sharoitlar mavjud emasligi bilan bog‘liq.
Sud jarayoni boshlanishining yangi sanasi hozircha noma'lum.
Eslatib o‘tamiz, haydovchilar Maksat Pernebekov, Nurjan Qirg‘izboyev va Barat Tanatarov yong‘in xavfsizligi qoidalari, ular ikki yoki undan ko‘proq kishining o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzishda ayblanmoqda. Haydovchilar bilan birga yana ikki kishi ishda ayblanuvchi sifatida qayd etilgan, ular garov evaziga ozodlikka chiqarilgan: mash'um avtobusni reysga chiqargan mexanik, - uni avtobusni yo‘nalishga texnik nosozliklar bilan yuborganlikda ayblashmoqda - hamda avtobus tegishli bo‘lgan tashuvchi firma ta'sischisi Nurlibek Telepbayev.
Avvalroq, Aqto‘be fojiasining yangi tafsilotlari ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024