Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida 52 nafar özbekistonlik yölovçining hayotiga zomin bölgan avtobus işi böyiça sudning dastlabki majlisi bölib ötdi. Bu haqda Sputnik Qozoğiston xabar bermoqda.
Fojia 18 yanvar kuni Samara – Çimkent yölining 1068 kilometrida, Aqtöbe oblastining Irgiz tumanida, Kalibay posyolkasidan 10 kilometr masofada soat 10:30da röy bergan. 57 nafar yölovçiga ega bölgan avtobus yonib ketgan, natijada 52 nafar Özbekiston fuqarosi qurbon böldi. Omon qolganlar orasida qozoğistonlik uç haydovçi, şuningdek, Özbekistondan ikki yölovçi bor.
52 kişining ölimida kim ayblanmoqda?
Haydovçilar Maksat Pernebekov, Nurjan Qirğizboyev va Barat Tanatarov yonğin xavfsizligi qoidalari, ular ikki yoki undan köproq kişining ölimiga sabab bölgan, transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buzişda ayblanmoqda. Jinoyat işi 52 tomdan oşib ketdi. Fojiada 100dan ortiq kişilar jabrlanuvçi, deb topilgan. Haydovçilarga 5 yildan 10 yilgaça qamoq jazosi berilişi mumkin. Sakkiz nafar yölovçining vakillari haydovçilardan ma'naviy zararni qoplaş borasida talab qöyişgan. Ular 600-800 ming tengeni talab qilişmoqda.
Haydovçilar bilan birga yana ikki kişi işda ayblanuvçi sifatida qayd etilgan, ular garov evaziga ozodlikka çiqarilgan: maş'um avtobusni reysga çiqargan mexanik, - uni avtobusni yönalişga texnik nosozliklar bilan yuborganlikda ayblaşmoqda - hamda avtobus tegişli bölgan taşuvçi firma ta'sisçisi Nurlibek Telepbayev. Qonun normalariga köra, u öz xodimlarining harakatlari uçun javob berişi kerak.
Haydovçilar fojiadan bir neça kun ötib tergov izolyatoriga yuborildi. Ular sud zaliga şifoxonadan maxsus qöriqlaş kuçlari nazoratida olib kelindi.
Haydovçilardan ikki nafari – Nurjan Qirğizboyev va Maksat Pernebekovlar öz ayblarini qisman tan olişdi.
Avtobusda yonğin qanday kelib çiqqan?
Nurjan Qirğizboyevning aytişiga qaraganda, öşa kuni yonilği quyiş şoxobçasida ularga sifatsiz solyarka quyişgan. Qattiq sovuqdan solyarka dvigatelda muzlab qolgan. Çetga çiqişga majbur bölingan. Avtobus haydovçilari ötkinçi avtobuslardan yordam olişga umid qilgan. Qirğizboyevning tergovda aytişiça, avtobus saloni tez soviy boşlagan. Haydovçilarda maşina motorini olovli payvandlagiçda isitiş ğoyasi paydo bölgan, biroq, Qirğizboyevning sözlariga köra, Maksat Pernebekov bundan boş tortadi, sababi bu juda xavfli bölgan. Qirgizbayev yölovçilarga rahmi kelib, olovli payvandlagiçni yoqib salon içiga qöygan.

















