Jahon | 09:28 / 09.08.2018
7115
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi zilzila qurbonlari soni 347 kishiga yetdi

Foto: ANTARA FOTO/Ahmad Subaidi

Indoneziyaning Lombok orolida yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 347 kishiga yetdi. Bu haqda CNN Indonesia xabar qilmoqda.

Mahalliy rasmiylar ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni ko‘payishi mumkin, chunki ayrim hududlarga hali ham kirib borish imkoni yo‘q.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya xalqi va prezident Joko Vidodoga ta'ziya izhor etgandi.

O‘zbekiston prezidenti jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid