Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YTH sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda
Foto: Depositphotos
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 7 avgust kuni soat 22.40larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Bodomzor ko‘chasida joylashgan “Saltanat” kafesi qarshisida haydab ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, Yunusobod tumanida yashovchi M.A. ismli ayolni urib yuborgan hamda “Spark” rusumli ikkita avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etib, voqea joyidan qochib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada piyoda M.A. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.
“Hurmatli fuqarolar, kimda-kim ushbu avtohalokatga guvoh bo‘lgan bo‘lsa, shuningdek, noma'lum shaxs va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsa, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga va “102” telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz. Unutmang, bu bilan Siz ushbu shaxs tomonidan navbatdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz!” - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02 / 21.01.2026
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
12:24 / 20.01.2026