Jahon | 10:32 / 09.08.2018
19428
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Yonayotgan zavod uzra olovli tornado paydo bo‘ldi

Buyuk Britaniyaning Derbishir grafligida yuz bergan yong‘inni o‘chirgan o‘t o‘chirish xizmati xodimlari noodatiy atmosfera hodisasi - olovli tornadoga guvoh bo‘lishdi. Bu haqda UPI xabar qilmoqda.

Quyun supermarketlar uchun plastik qutilar ishlab chiqariluvchi fabrikada yong‘in yuz berganidan so‘ng paydo bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilardan biri uni videoga olishga ulgurdi, so‘ng Facebook’da e'lon qildi. Rolikni 262 ming marotaba tomosha qilishdi.

Olovli tornadoning harorati 1000 darajani tashkil etishi mumkin. «Ular issiq havoga tepadan sovuq havo kirganida yuzaga keladi, so‘ng quyun kuzatiladi, - deya tushuntirgan video muallifi. - Oddiy tornadolar ham xuddi shunday paydo bo‘ladi».

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid