Jahon | 09:31 / 10.08.2018
4801
1 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyadagi plyajda ulkan akulaning tishlari topildi

Foto: Phys.org

Avstraliyaning Yan-Juka mintaqadagi plyajlardan birida qadimiy mega-akulaning tishlari topildi. Bu haqda Phys.org portali xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, 25 million yil avval yashagan gigant akulaning tishlari paleontolog Filipp Mallali tomonidan topilgan.

Ta'kidlanishicha, mega-akulaning tishi uzunligi taxminan yetti santimetrga teng.

Shu bilan birga, bunday akulalarning uzunligi to‘qqiz metrdan ham oshib ketgan bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meksikadagi qazilma ishlari davomida qadimgi sivilizatsiyaga tegishli sirli qabr topilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid