Eron Fransiyaga neft yetkazib berishni butunlay to‘xtatdi
"Eronning neft eksporti sutkasiga 90 ming barrelga kamayib, 2,19 million barrelgacha tushib ketdi, sababi Yevropadagi iste'molchilar neft sotib olishni qisqartirmoqda, Janubiy Koreya esa Amerika sanksiyalari tiklanishi arafasida neft sotib olishni butkul to‘xtatdi", — deb ma'lum qildi Xalqaro energetika agentligi o‘zining oylik hisobotida.
Agentlikning bildirishicha, Eronning Yevropaga neft eksporti iyulda sutkasiga 410 ming barrelni tashkil etgan. 2017 yilda esa bu ko‘rsatkich sutkasiga 750 ming barrelga teng bo‘lgan. Fransiyaga neft yetkazib berish butunlay to‘xtatilgan.
Shu bilan birga, iyul oyida Eronning Osiyo mamlakatlariga neft eksporti oshgan – sutkasiga 1,65 million barrel. Bunga Xitoy va Hindistonning neft sotib olishni ko‘paytirgani sabab bo‘lgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning may oyida Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini va Eronga nisbatan nafaqat avvalgi, balki yangi sanksiyalarni joriy etishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:01 / 06.10.2024
«Minimal jazo». Eron oliy rahbari Isroil bo‘ylab raketa zarbasini izohladi
21:46 / 05.10.2024
Tramp Isroil Eronning yadroviy obektlariga zarba berishi kerakligini aytdi
21:17 / 05.10.2024
Isroil armiyasi Eronga «jiddiy va salmoqli» javob tayyorlayotganini ma’lum qildi
19:36 / 04.10.2024