Jahon | 15:54 / 10.08.2018
16070
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada qor yog‘di

9 avgust, payshanba kuni Gruziyaning mashhur Gudauri kurortida qor yog‘di. Ob-havo sayyohlarni ham, mahalliy aholini ham hayratga soldi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o‘z sahifalarida ushbu holat tasvirlangan fotosuratlar va video bilan bo‘lisha boshladilar.

Gudauri Tbilisidan faqat 120 kilometr uzoqlikda, Kazbek munitsipalitetida joylashgan. Dam olish maskani 2200 metr balandlikdagi tog‘li hududda joylashgan. Umuman olganda, qor baland tog‘larda bo‘ladi, ammo yozda dam olish hududida yog‘maydi.

Foto: Facebook/Giorgi Gomiashvili

Bundan tashqari, Kazbek tog‘i ham qor bilan qoplandi.

Suratlar 3 700 metr balandlikda joylashgan eski meteorologik stansiya yonida joylashgan sayyohlar tomonidan olingan.

Foto: Facebook/Giorgi Gomiashvili

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid