Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada otishma: kamida 4 kishi halok bo‘ldi
Kanada sharqida, Nyu-Bransuik shtatidagi Frederikton shahrida ro‘y bergan otishma oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
«Hodisa 4 kishining o‘limiga olib keldi», deyiladi mahalliy politsiya tvitterida.
Otishma Frederikton shahridagi tumanlardan birida ro‘y bergan. Huquq-tartibot organlari xodimlari hudud aholisiga uylaridan chiqmaslikni tavsiya qilishgan.
Hodisa joyiga qo‘shimcha politsiya kuchlari va qutqaruvchilar, shuningdek, tez tibbiy yordam mashinalari yetib kelgan. Politsiya amaliyoti davomida otishma ijrochisi tez orada qo‘lga olingan.
Hozircha hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.
2014 yili Nyu-Bransuik shtatining boshqa shahrida, Monktonda otishma yuz berishi oqibatida 3 nafar politsiyachi halok bo‘lgan va ikki politsiyachi jarohatlangandi.
O‘sha voqeadan keyin Kanadada qurol olib yurish tartibi yanada qat'iylashtirilgandi.
Shu yilning iyun oyida esa Toronto shahrida to‘pponcha bilan qurollangan shaxs ikki kishini otib o‘ldirib, yana 13 kishini jarohatlagandi.
Kanadada qurolli otishmalar AQShdagiga nisbatan ancha kam kuzatiladi. Ammo Torontoda o‘qotar qurol qo‘llash bilan bog‘liq holatlar 2014 yildan 2017 yilga qadar ikki barobar oshgan - 177tadan 395tagacha.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026