Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan birdaniga 35ta jinoyat ishi ochildi
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati politsiyachilari tomonidan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan birdaniga 35ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Xabar 24» telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, firibgar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, odamlarni aldagan. Ushbu shaxs Uralskdagi korxonaning direktori bo‘lgan va aholiga arralangan binokorlik materiallari bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilgan.
Soxta tadbirkor fuqarolardan to‘lovni oldindan olgan, so‘ng izsiz g‘oyib bo‘lgan. Shu tariqa u bir yil davomida harakat qildi. Natijada, aldangan odamlar politsiya murojaat qilishdi. Tergov davomida aniqlanishicha, taxminan 40 kishi O‘zbekiston fuqarosining aldovi qurboniga aylangan.
«Qozog‘iston Respublikasi hududini Petropavlovsk shahrida tark etishga urinish chog‘ida fuqaro Yu. qo‘lga olindi, hozirgi vaqtda unga nisbatan Uralsk shahri sudi tomonidan ehtiyot chorasi qo‘llandi - qamoqqa olish», - deya ma'lum qildi G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining Ichki ishlar departamenti Davlat tili va axborot boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Jusupkaliyev.
Mavzuga oid
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024