Jahon | 20:39 / 10.08.2018
7101
2 daqiqa o‘qiladi

Michelin yulduziga sazovor bo‘lgan Bangkokdagi ko‘cha tamaddixonasi

Tailanddagi gastronomik turizm uchun eng ommabop joylardan biri mishlen yulduziga (eng yaxshi restoranlarga beriladigan mukofot) sazovor bo‘lgan Jai Fai tamaddixonasidir. Uning egasi va bosh oshpazi Supinya Junsutani shunchaki Jyey Fay deb atashadi. U yoshi 70dan oshgan bo‘lishiga qaramasdan, kuniga 11 soat plita oldida tik turgancha mijozlarga xizmat qiladi.

Foto: Instagram\jayfaibangkok

Tamaddixona menyusi an'anaviy tay taomlaridan iborat. Uning mishlen yulduzi bilan mukofotlanishi tamaddixonani yanada mashhur qilib yubordi. Bu yerda stolni oldindan buyurtma qilish ham tezkor xizmat ko‘rsatilishiga kafolat bermaydi. – Instagramdagi izohlarga qaraganda, mijozlar ikki, uch va hatto besh soatgacha navbat kutishlariga to‘g‘ri keladi.

Foto: Instagram\jayfaibangkok

Tamaddixona egasi imkoni bo‘lsa mishlen yulduzini qaytarib bergan bo‘lishini aytadi. Turistlar taomga buyurtma berish o‘rniga shunchaki tamaddixonani ko‘rgani yoki suratga olgani kelishganidan uning jahli chiqadi. Buning ustiga, ish shunchalik ko‘payib ketganki, onasiga yordam berish uchun qizi ish joyidan bo‘shagan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid