Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyada namoyishlar: 440 kishi jarohat oldi
Ruminiya poytaxti Buxarestda hukumatga qarshi namoyishda 440 kishi jarohatlandi. Bu haqda Agerpres agentligi xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 440 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ta'kidlanishicha, ularning orasida 24 nafar jandarm ham bor. 65 kishi mahalliy shifoxonalarga olib ketildi.
Avvalroq, 247 kishi jarohat olgani haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, jandarmeriya tomonidan norozilik aksiyasini tarqatib yuborish uchun ko‘zdan yosh chiqaruvchi gaz ishlatilgan.
Muxolifat mitingi ishtirokchilari hozirgi hukumatni tarqatib yuborish va muddatdan avvalgi saylovlarni o‘tkazishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
18:37 / 29.05.2026
Rossiya droni Ruminiyadagi uyga kelib urildi
23:03 / 14.03.2026
Ispaniyada Yaqin Sharqdagi urushga qarshi namoyishlar o‘tkazildi
12:27 / 13.03.2026