Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla aksiyadorlari Ilon Maskni sudga berishdi
Elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining aksiyadorlari guruhi kompaniya asoschisi va bosh direktori Ilona Maskni sudga berdi. Bunga uning kompaniyani ehtimoliy sotib olishi haqidagi tviti sabab bo‘lgan, deb yozmoqda Bloomberg.
San-Frantsiskodagi federal sudga murojaat qilgan da'vogarlarning fikricha, Maskning tvitlari seriyasi sababli ular yo‘qotishlarga uchradi. Xususan, 7 avgust kuni, Tesla bosh direktori o‘zining tvitterdagi sahifasida kompaniyaning barcha aksiyalarini sotib olishi imkoniyati borligi haqida yozgan. Bu post tufayli Tesla’ning birjadagi kotirovkalari 6,5%ga ko‘tarilib, har bir aksiya uchun 363,4 AQSh dollarini tashkil etdi.
Da'vogarlarning fikricha, Mask o‘z tvitlari bilan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunni buzdi. Shuningdek, jabrlanuvchi tomonning qayd etishicha, narxlarning keskin ko‘tarilishi ba'zi aksiyadorlar zarar ko‘rishiga olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Twitter Ilon Mask nomi ostida ro‘yxatdan o‘tishni taqiqlagandi.
Mavzuga oid
18:28 / 24.06.2026
SpaceX aksiyalari arzonladi, Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotdi
19:59 / 23.06.2026
Tesla avtopilot rejimida uyga urildi va ichidagi ayolni o‘ldirdi
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
21:42 / 12.06.2026