Jahon | 16:28 / 12.08.2018
11664
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: "Yaratgan bizni diktatura va avtoritarizm hisobiga ham asramoqda"

Foto: president.gov.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 10 avgust kuni Gomel viloyatiga ishchi tashrif bilan bordi. Viloyatdagi  sog‘liqni saqlash, sanoat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari diqqat markazida bo‘ldi. 

Lukashenko shifoxonani ko‘zdan kechirar ekan, davlatga tibbiyotni rivojlantirishga nima yordam berayotgani haqida so‘zladi.

Belarus prezidenti zamonaviy ekologik muammolarni hisobga olgan holda yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish muhimligiga e'tiborni qaratdi. 

"Ayniqsa, Yevropa, Rossiya va Ukraina kabi mamlakatlarda. Yaratgan bizni diktatura va avtoritarizm hisobiga ham asramoqda, lekin ekologiya yomonlashmoqda, ba'zi bolalar patalogiya bilan tug‘ilmoqda", - dedi Lukashenko. 

Mavzuga oid