Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijga chiqishni cheklash qanday miqdordagi qarzdorlik uchun qo‘llaniladi?
Qonunchilikka ko‘ra ayrim hollarda chet elga chiqish cheklanishi mumkin. Masalan, agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar bo‘lsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar uni chet elga chiqishi cheklanadi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Bunda shuni hisobga olish lozimki, xorijga chiqishni cheklash faqatgina eng kam ish haqining ikki baravaridan ortiq qarzdorlik (368 600 so‘m) uchun qo‘llaniladi.
Taqiq bor-yo‘qligini esa davlat ijrochilariga rasman yozma ravishda murojaat qilish orqali bilish mumkin. Shuningdek taqiqlarni Majburiy ijro byurosining sayti (https://mib.uz/restriction) orqali ham tekshirib ko‘rish mumkin (hozirda test rejimida ishlayapti).
Agar shaxsga taqiq qo‘llanilgan bo‘lsa, u qarzlarni to‘lagandan keyin ijrochidan taqiq olib tashlanganiga aniqlik kiritib olishi maqsadga muvofiq.
Mavzuga oid
08:33 / 24.04.2026
Aliment qarzi bor shaxslarga ayrim bitim va xizmatlar cheklanadi
09:00 / 22.04.2026
Ayrim qarzdorliklar soddalashtirilgan tartibda undiriladi
14:24 / 14.03.2026
Fermerga hisoblangan asossiz 126 mln so‘mlik qarzdorlik bekor qilindi
16:05 / 23.02.2026