Toliblar idorasi Toshkentdagi muzokaralarning kun tartibini oshkor qildi
O‘tgan hafta Toshkentga tashrif buyurgan Dohadagi (Qatar) «Tolibon» siyosiy harakati idorasi rahbari Shir Muhammad Abbos Stanikzay rasmiylar bilan Afg‘onistonda amalga oshirilgan infratuzilma loyihalarining xavfsizligini muhokama qildi. Bu haqda toliblarning Qatardagi idorasi vakili Muhammad Suhayl Shahin ma'lumot berdi, deb yozmoqda Reuters.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal etish, xorijiy qo‘shinlarni mamlakatdan olib chiqish, shuningdek, xavfsizlikni, jumladan, elektr uzatish liniyalari va temir yo‘llari barpo etilayotgan tumanlarda ta'minlash bo‘yicha masalalarni muhokama qildi. Uchrashuvda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev ishtirok etdi.
Toliblar delegatsiyasi 7-10 avgust kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatiga ko‘ra, «uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi».
O‘zbekiston 2010 yilda Afg‘onistonning «Hayraton-Mozori-Sharif» uchastkasida 75 kilometr uzunlikdagi temiryo‘lni ishga tushirdi. Ushbu loyihaning davomi sifatida «Mozori-Sharif-Qobul-Qandahor-Hirot» yo‘nalishi bo‘ylab 2000 km. uzunlikdagi temiryo‘lni qurish rejalashtirilmoqda.
Hindiston, Xitoy, Eron va Pokistonga chiqishi mumkin bo‘lgan, Yevropadan Transafg‘on transport yo‘lagining temir yo‘l analogini yaratish imkonini beruvchi loyihaning umumiy qiymati taxminan 3 milliard dollarni tashkil etadi.
Bu yil O‘zbekiston 260 km. uzunlikdagi «Surxon-Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasini qurishni boshladi, bu O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini 70%ga oshiradi. Loyihaning taxminiy qiymati 150 mln dollar, ulardan - 32 mln dollar O‘zbekiston tomonidan yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024