Ötgan hafta Toşkentga taşrif buyurgan Dohadagi (Qatar) «Tolibon» siyosiy harakati idorasi rahbari Şir Muhammad Abbos Stanikzay rasmiylar bilan Afğonistonda amalga oşirilgan infratuzilma loyihalarining xavfsizligini muhokama qildi. Bu haqda toliblarning Qatardagi idorasi vakili Muhammad Suhayl Şahin ma'lumot berdi, deb yozmoqda Reuters.

Uning sözlariga köra, tomonlar Afğonistondagi vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş, xorijiy qöşinlarni mamlakatdan olib çiqiş, şuningdek, xavfsizlikni, jumladan, elektr uzatiş liniyalari va temir yöllari barpo etilayotgan tumanlarda ta'minlaş böyiça masalalarni muhokama qildi. Uçraşuvda taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Özbekiston prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Ismatilla Ergaşev iştirok etdi.

Toliblar delegatsiyasi 7-10 avgust kunlari Özbekistonda böldi. Taşqi işlar vazirligining matbuot xizmatiga köra, «uçraşuvda Afğonistonda tinçlik örnatiş jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi».

Özbekiston 2010 yilda Afğonistonning «Hayraton-Mozori-Şarif» uçastkasida 75 kilometr uzunlikdagi temiryölni işga tuşirdi. Uşbu loyihaning davomi sifatida «Mozori-Şarif-Qobul-Qandahor-Hirot» yönalişi böylab 2000 km. uzunlikdagi temiryölni quriş rejalaştirilmoqda.

Hindiston, Xitoy, Eron va Pokistonga çiqişi mumkin bölgan, Yevropadan Transafğon transport yölagining temir yöl analogini yaratiş imkonini beruvçi loyihaning umumiy qiymati taxminan 3 milliard dollarni taşkil etadi.

Bu yil Özbekiston 260 km. uzunlikdagi «Surxon-Puli-Xumri» elektr uzatiş liniyasini qurişni boşladi, bu Özbekistondan Afğonistonga elektr energiyasi yetkazib beriş hajmini 70%ga oşiradi. Loyihaning taxminiy qiymati 150 mln dollar, ulardan - 32 mln dollar Özbekiston tomonidan yönaltiriladi.