Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Rossiya chegarasiga juda yaqin hududda harbiy poligon qurmoqda
Foto: Litva Mudofaa vazirligi
Litva Mudofaa vazirligidan xabar berishlaricha, Kazlu-Ruda shahrida Boltiqbo‘yi mintaqasidagi birinchi harbiy aviapoligon barpo etiladi. Bu haqda mahkama saytida xabar qilindi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, aviapoligon Rossiya chegarasidan 60 km uzoqlikda joylashadi. Uning qurilishi 2018 yilning kuzida tugaydi. Loyihaning amalga oshirish bilan AQSh harbiy-havo kuchlarining muhandislik bo‘linmasi - RED HORSE ham shug‘ullanmoqda. Ushbu loyiha AQShning xavfsizlik kafolatlarini taqdim etish bo‘yicha Yevropa tashabbusi tomonidan moliyalashtiriladi.
Aniqlik kiritilishicha, NATO standartlariga javob beradigan poligonda harbiy-havo kuchlari uchun harbiy kadrlar tayyorlanadi, shuningdek, samolyotlarning yer usti nishonlariga zarba berish bo‘yicha mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Litva prezidenti Rossiya bostirib kirishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
09:45 / 17.01.2026
Litva rossiyalik va belaruslikni Rossiya topshirig‘i bilan terakt sodir etishda aybladi
11:48 / 08.01.2026
Litva bosh vaziri: rossiyalik muxolifatchi Volkov Litvada qolmasligi kerak
14:24 / 06.01.2026
Boltiq dengizida Litva–Latviya optik kabeli shikastlandi
11:05 / 10.12.2025