Litva prezidenti Dalya Gribauskaytening fikriça, Rossiya tomonidan harbiy bostirib kiriş ehtimoli «juda yuqoridir». U bu haqda Germaniyaning Spiegel jurnaliga bergan intervyusida aytib ötdi.

«Agarda biz özimizni himoya qilişni istaşimiz va bunga qodir ekanimizni körsatsak, unda bizga heç kim hujum qilmaydi. Biz ruhan, siyosiy jihatdan, yurakdan va qalban bunga tayyor turişimiz kerak», - dedi Gribauskayte.

Şuningdek, uning ta'kidlaşiça, Ğarbdagi köplab davlatlar Rossiyaning öz manfaatlariga aralaşuviga yetarliça baho bera olmayapti. Şu bilan birga, Litva yetakçisining qayd etişiça, Rossiya Litvadan harbiy ustunlikka egadir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şoygu RF Mudofaa vazirligining Qrimdagi ilk yiğilişini ötkazişi xabar berildi.