Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 01:38 / 14.08.2018
8440
1 daqiqa o‘qiladi
«Modrich ertami, kechmi Italiya chempionatida to‘p tepadi»
Foto: Zimbio
«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichning agenti Marko Naletilich so‘zlariga ko‘ra, mijozi qachonlardir Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tadi.
«Modrich ertami, kechmi Italiya chempionatida to‘p tepadi. U ko‘plab xorvatiyalik futbolchilar kabi, Italiya futbolini tomosha qilib ulg‘aygan. Bilishimcha, u «Inter»ga o‘tib, A Seriyada o‘ynamoqchi.
Bundan tashqari, Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga o‘tishi natijasida, Italiya futboliga bo‘lgan qiziqish yana ortmoqda. Bu Modrich uchun ham yaxshi» - dedi agent.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish