Times: yulduzlar Putinga yordam bermoqda
O‘zining katta mushaklari, kal boshi va umuman qabul qilib bo‘lmas ruscha talaffuzi bilan Jyeffri Monson Moskva oblastining Krasnogorsk shahri parlamenti deputati lavozimiga nomzod bo‘lishi ehtimoldan uzoq narsa bo‘lib ko‘rinishi mumkin, deb yozmoqda Britaniyaning The Times gazetasi.
Shunga qaramay, amerikalik aralash yakka kurashlar jangchisi Jyeffri Monson karerasi deyarli yo‘qqa chiqib ketayotgan pallada Moskva tomonidan samimiy kutib olingan g‘arblik yulduzlar guruhi a'zolaridan biriga aylandi. Tanqidchilar bu mashhurlarni «foydali go‘l odamlar», deb atashmoqda. Nashrning ta'kidlashicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ulardan xorijdagi raqiblariga zarar yetkazish hamda mamlakat ichida o‘z pozitsiyasini mustahkamlash maqsadida foydalanmoqda.
Iyun oyida Monson Krasnogorsk shahar parlamentiga saylanish istagini bildirdi. Amerikalik bokschi Putinni «adolatli, qonuniy va muvozanatli xalqaro tizim uchun kurashadigan dunyodagi eng qudratli kuch», degan.
Yana bir yulduz - Stiven Sigal, deya eslatadi gazeta, avgust oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rus-amerika gumanitar aloqalari masalalari bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi. Sigal avvalroq Putinni «dunyodagi eng buyuk yetakchi», deb atagandi.
66 yoshli Stiven Sigal 2016 yilda, dzyudo va aykidoga umumiy muhabbat tufayli Putin bilan do‘stlashib olgach, rus pasportini oldi. Amerikalik kinoprodyuser, Moskvada 15 yil yashagan va Sigal hamda Putinning uchrashuvlarida vositachi bo‘lgan Bob Van Ronkelning aytishicha, aktyor va prezidentning «yaqinlashishiga» har ikkisi ham «sportchi» bo‘lgani va boksni yaxshi ko‘rgani sabab bo‘ldi.
Biroq, Sigalning yangi lavozimiga reaksiya kutilmagan bo‘ldi. Xususan, Bob Van Ronkelning taxminicha, Putinda tanlash mumkin bo‘lgan katta ro‘yxatning o‘zi ham bo‘lmagan.
So‘nggi yillarda Rossiya 69 yoshli fransiyalik aktyor Jyerar Deparde va 49 yoshli amerikalik bokschi Roy Jonsga fuqarolik berdi. Barcha to‘rtovlon ham Rossiya, Vladimir Putinga yaxshi munosabatda ekani, o‘z davlatlari hukumatlariga esa qarshiligi haqida e'lon qildi.
Mavzuga oid
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25 / 22.11.2024