Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Minglab gnular timsohlar bilan to‘la daryoga o‘zini tashladi
Fotosuratchi Ingo Gerlach Keniyadagi Mara daryosidan o‘tmoqchi bo‘lgan gnu antilopalarining katta guruhi harakatlarini videoga oldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Har yili Tanzaniyadagi Serengeti savanasidan bir milliondan ortiq gnu Keniyadagi Masai-Mara qo‘riqxonasining yaylovlariga boradi. Ikki oy davomida ular qariyb uch ming kilometr masofani bosib o‘tadi.
64 yoshli fotosuratchi timsohlar bilan to‘lib-toshgan daryo qirg‘oqlariga yetib kelgan podaning harakatlarini videoga olgan. Uning ko‘z o‘ngida minglab hayvonlar o‘zini suvga tashlagan. Daryodan o‘tish chog‘ida gnularga zebralarning kichik bir guruhi ham qo‘shilgan.
Gnu - Janubiy Afrika kiyigi bo‘lib, balandligi 1,15-1,4 metr, og‘irligi - 150-250 kilogramm keladi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2026
Katta Farg‘ona kanalida timsohlar yurgani rad etildi
14:48 / 30.03.2026
Bitta «malika» 220 dollar. Keniyada noqonuniy chumoli savdosi avj oldi
10:05 / 17.03.2026
Keniya TIV: keniyaliklar endi Ukrainadagi urushga yollanmaydi
14:36 / 27.02.2026