Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Hindistonga rasmiy tashrif bilan boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktabr oyida Hindistonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11-majlisida ma'lum qildi.
«Umid qilamizki, komissiyaning bugungi majlisida, shuningdek, biznes-forumda joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan har ikki yetakchi uchrashuvi kun tartibini aniq siyosiy mazmun bilan to‘ldiradigan qo‘shma tadbirlar va loyihalar bo‘yicha kelishib olamiz», - dedi u.
Hindiston savdo va sanoat vaziri Suresh Prabxuning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston rahbarining tashrifi Hindistonda davlat bayrami bo‘lgan va 2 oktabrda nishonlanadigan Gandi («Gandi jayanti») tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keladi.
«Hozirgi hamkorlik darajasi mavjud salohiyatga mutlaqo mos kelmaydi. Shu bois, biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘taradigan yangi yirik investitsiya loyihalarini shakllantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni birlashtirishni taklif qilamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Xolmurodov.
Bosh vazir o‘rinbosarining fikricha, savdo-sotiq va investitsiyalarning rivojlanishi «uzoq muddatli strategik sheriklikning mustahkam poydevorini» yaratishi mumkin.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
07:18 / 09.05.2026