Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 oy davomida nechta yong‘in sodir bo‘lgani aytildi
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi boshqaruvi hamda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida aholi turarjoylarida, maishiy xizmat ko‘rsatish inshootlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash, bu borada fuqarolarning hushyorligini oshirishga qaratilgan ma'rifiy targ‘ibot ishlari kuchaytirishga alohida ahamiyat qaratilyapti.
“O‘ztransgaz” AJ axborot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi institutida “Tilsiz yovga” qarshi birgalikda kurashamiz” mavzuida o‘tkazilayotgan respublika ilmiy-amaliy seminarida ham ayni shu masalalar keng muhokama qilinmoqda. Shuningdek, Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tizimidagi islohotlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan olti oyida yurtimizda 5 ming 772ta yong‘in sodir bo‘lgan. Tan jarohati olganlar esa ikki yuz nafar kishidan iborat. Eng achinarlisi, 74 nafar fuqaro olamdan o‘tgan. Bugungi kunda yong‘inlarning 70 foizi aholi yashash joylarida, xonadonlarda sodir bo‘lmoqda. Amaliyotlar shuni ko‘rsatadiki, asosiy halokatlar va tan jarohatlari nosoz va qo‘lbola gaz qurilmalari, yaroqsiz elektr moslamalari tufayli va isitish uskunalaridan xavfsizlik qoidalariga rioya etmasdan foydalanish, spirtli ichimliklar iste'mol qilib hushyorlikni yo‘qotish oqibatida yuzaga kelgan.
Hamkor tashkilotlar tomonidan hamjihatlikda yong‘inning oldini olish, aholi xavfsizligini ta'minlash, gaz, elektr energiyasi, isitish uskunalaridan foydalanishda qat'iy qoidalarga rioya qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilmoqda.
Mavzuga oid
20:23 / 03.08.2025
Qozog‘iston janubida 40 gektar maydonda yuz bergan yong‘in o‘chirildi
11:56 / 04.07.2025
Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
12:33 / 08.02.2025
Anorbank Energetika vazirligi va O‘ztransgaz binolarini sotib oldi
17:00 / 27.12.2024