AQSh Xitoyni zarba berishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilmoqda
Xitoylik harbiylar Amerika Qo‘shma Shtatlariga «ehtimoliy zarba berish»ga tayyorgarlik ko‘rmoqda, buning uchun bombardimonchilar bilan ko‘proq mashq qila boshladilar. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligining Xitoy Qurolli kuchlari to‘g‘risidagi hisobotida aytilgan.
«So‘nggi uch yil ichida Xitoy Xalq ozodlik armiyasi o‘z bombardimonchilarining suv ustidagi operatsiyalarini kengaytirib, murakkab dengiz uchastkalarida tajribaga ega bo‘ldi, va ehtimol Qo‘shma Shtatlar hamda uning ittifoqchilariga hujum qilish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda», - deya xabar beradi hisobot mualliflari. AQShning ishonch bildirishicha, Xitoy Amerikaning Tinch okeanidagi harbiy bazalari va qurolli kuchlariga, shu jumladan Guam oroliga zarbalar berishni o‘rganmoqchi.
Xitoy armiyasi o‘z imkoniyatini «XXRdan uzoq masofadagi obektlarni aniq nishonga olish uchun» kuchaytirmoqda, deyiladi hisobotda. Bombardimonchilarning parvozlari mintaqaviy davlatlarga strategik signal berish uchun ishlatilishi mumkin. AQSh Mudofaa vazirligining taxminicha, mashg‘ulotlar «yaxshilangan imkoniyatlarni namoyish etish»dan ko‘ra ko‘proq narsadan darak beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3 davlat o‘rtasida «tasodifiy» yadro urushi yuz berishi taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024