Xitoylik harbiylar Amerika Qöşma Ştatlariga «ehtimoliy zarba beriş»ga tayyorgarlik körmoqda, buning uçun bombardimonçilar bilan köproq maşq qila boşladilar. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligining Xitoy Qurolli kuçlari töğrisidagi hisobotida aytilgan.

«Sönggi uç yil içida Xitoy Xalq ozodlik armiyasi öz bombardimonçilarining suv ustidagi operatsiyalarini kengaytirib, murakkab dengiz uçastkalarida tajribaga ega böldi, va ehtimol Qöşma Ştatlar hamda uning ittifoqçilariga hujum qiliş uçun tayyorgarlik körmoqda», - deya xabar beradi hisobot mualliflari. AQŞning işonç bildirişiça, Xitoy Amerikaning Tinç okeanidagi harbiy bazalari va qurolli kuçlariga, şu jumladan Guam oroliga zarbalar berişni örganmoqçi.

Xitoy armiyasi öz imkoniyatini «XXRdan uzoq masofadagi obektlarni aniq nişonga oliş uçun» kuçaytirmoqda, deyiladi hisobotda. Bombardimonçilarning parvozlari mintaqaviy davlatlarga strategik signal beriş uçun işlatilişi mumkin. AQŞ Mudofaa vazirligining taxminiça, maşğulotlar «yaxşilangan imkoniyatlarni namoyiş etiş»dan köra köproq narsadan darak beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 3 davlat örtasida «tasodifiy» yadro uruşi yuz berişi taxmin qilingandi.