Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyning 10ta shahri yashash uchun eng qulay maskanlar ro‘yxatiga kiritildi
Foto: Flickr
The Economist nashri yashash uchun eng qulay shaharlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. Bu safar Avstriya poytaxti Vena Melburnni ortda qoldirib, birinchilikni egalladi. Xitoyning 10ta shahri ham bu ro‘yxatda qayd etilgan, deya xabar qiladi “Jenmin jibao”.
Vena hamda Melburn sog‘liqni saqlash, ta'lim, infratuzilma bo‘yicha 100 balldan to‘plashdi. Vena shahrining g‘alaba qozonishiga u yerda teraktlar soni, jinoyatchilikning keskin kamaygani bo‘ldi. Birinchi o‘ntalikdan Osaka, Kalgari, Sidney, Vankuver, Toronto, Tokio, Kopengagen va Adelaida shaharlari joy oldi.
Xitoy shaharlaridan ro‘yxatga Syangan (35-o‘rin), Taybey (58-o‘rin) Sujou (74-o‘rin), Pekin (75-o‘rin), Tyanzin (77-o‘rin), Shanxay (81-o‘rin) ham kiritilgan.
Reyting uchun jami 140ta shahar madaniyat, atrof-muhit, ta'lim, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, barqarorlik mezonlari bo‘yicha saralandi.
Mavzuga oid
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
21:56 / 20.05.2026