Kanada boş vaziri Mark Karni AQŞ prezidenti Donald Trampning Ottava Xitoy bilan savdo kelişuvi tuzsa, jazo tariqasida bojxona tölovlarini joriy etişi mumkinligi haqidagi tahdidlariga javob berdi. Karnining aytişiça, Kanada Xitoy bilan erkin savdo töğrisidagi kelişuvga erişişni közlamayapti, çunki bunday kelişuv AQŞ, Meksika va Kanada tomonidan Trampning birinçi prezidentlik davrida imzolangan Şimoliy Amerikada erkin savdo töğrisidagi şartnoma (USMCA)ga zid bölar edi. Karni buni yakşanba, 25 yanvar kuni Ottavada jurnalistlarga ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Xitoy bilan bölgan kelişuvlar faqat Kanada–Xitoy savdosidagi muammoli masalalarga taalluqli edi. “Biz sönggi bir neça yilda paydo bölgan Xitoy bilan boğliq ayrim muammolarni tuzatdik”, — dedi Karni. U bu örinda Xitoyda işlab çiqarilgan elektromobillar, qişloq xöjaligi mahsulotlari va baliq mahsulotlarini misol qilib keltirdi. Şuningdek, u Kanada USMCA kelişuvi böyiça “öz majburiyatlarini hurmat qilişini” ta’kidladi.
Bundan oldin Tramp Kanada Xitoy bilan savdo kelişuvi tuzsa, unga nisbatan 100 foizlik savdo bojlari kiritiş bilan tahdid qilgan edi. U Truth Social platformasida şunday deb yozdi: agar Mark Karni Kanada AQŞga yönaltirilgan Xitoy tovarlari uçun tranzit nuqta bölişi mumkin, deb hisoblasa, u qattiq yanglişyapti. Trampning fikriça, “Xitoy Kanadani tiriklayin yutib yuboradi, uni butunlay öz içiga oladi va uning biznesini, ijtimoiy tuzilmasini hamda umuman hayot tarzini vayron qiladi”.
Yanvar örtasida Pekinga taşrif va XXR raisi Si Jinping bilan uçraşuv çoğida Kanada boş vaziri Xitoy bilan “yangi strategik şeriklik” haqida, şuningdek, ikki mamlakat örtasida savdo tösiqlarini bartaraf etiş va tariflarni pasaytirişga qaratilgan innovatsion kelişuv töğrisida ma’lum qilgan.
AQŞ, Meksika va Kanada örtasida erkin savdo töğrisidagi kelişuv 2018 yil noyabrda uç davlat rahbarlari tomonidan imzolangan. Tramp 1994 yildan amal qilib kelgan NAFTA kelişuvini AQŞ uçun foydali emas, deb hisoblar edi.

















