Jahon | 16:39 / 17.08.2018
7040
2 daqiqa o‘qiladi

Maduroga kutilmagan ayblov bilan chiqishdi

Foto: Carlos Garcias Rawlins

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatdagi «noqulay harbiylardan» qutulish uchun o‘ziga qilingan suiqasd ishidan foydalanmoqda. Bu haqda El Nuevo Herald nashri ekspertlar va sobiq harbiylarning fikriga asoslanib yozmoqda.

4 avgust kuni Venesuela rahbariga suiqasd qilindi. Karakasdagi hujumda jinoyatchilar portlovchi qurilmaga ega drondan foydalanishdi. Venesuelaning El Nacional nashri rahbari Migel Otero portlash videosini e'lon qildi, unda dron Maduro nutq so‘zlayotgan joyning ustida portlashi tasvirlangan.

Gazetaning yozishicha, bu haftada uch nafar zobit, ikki general va bir polkovnik hibsga olindi. Yuqori mansabli amaldorlarning hibsga olinishi shuni ko‘rsatmoqdaki, Nikolas Maduro rejimi bu «terakt»dan - Venesuela hukumati prezidentga qilingan suiqasdni aynan terakt sifatida baholamoqda - mamlakat Milliy qurolli kuchlarini «tozalash»da foydalanmoqda, deya yozadi gazeta.

Materialda ta'kidlanishicha, Maduroga qilingan suiqasdda gumonlanib hibsga olinganlar - bu Venesuela yetakchisi qutulishga harakat qilayotgan va noqulay bo‘lgan odamlardir.

Shu tariqa, Maduroga qilingan suiqasd bo‘yicha ish Venesuela hukumati tomonidan ishonchsiz yoki xavfli deb hisoblangan kishilarni yo‘qotish uchun foydalaniladi, deydi mutaxassislar va iste'foga chiqqan harbiylar.

«Ular (Venesuela hukumati) barchani boshqaradi, sudlarni butunlay nazorat qiladi va har qanday kishiga qarshi istalgan ishni o‘ylab topshii mumkin», - deya aytib o‘tdi venesuelalik iste'fodagi zobit Karlos Molina Tamayo.

O‘z mamlakatidagi harbiylarning sadoqatiga shubha bilan qarayotgan Maduro bu hujumdan davlatda qo‘rquvni yuzaga keltirishda foydalanib, shu tariqa har qanday muxolifatchi terrorizm va fitnada ayblanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid