Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messining akasi ustidan sud hukmi o‘qildi
«Barselona» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining akasi Matias 2,5 yillik shartli qamoq jazosiga mahkum qilindi.
Ole xabariga ko‘ra, u o‘qotar qurolni noqonuniy saqlashda aybdor deb topildi.
Bundan tashqari Matias jamoat ishlarida ham ishtirok etadigan bo‘ldi - u mahalliy futbol maktablaridan birida, har oyda 8 soat davomida bolalarni shug‘ullantiradi.
Eslatib o‘tamiz, Matias Messi o‘tgan yili noyabr oyida o‘z yaxtasida falokatga uchragan, politsiya esa uning kemasidan o‘qotar qurolini topgan edi. Keyinchalik, Matias qurolning qonuniy saqlanayotganini asoslab berolmagach, uning ustidan jinoiy ish ochilgandi.
Mavzuga oid
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026