Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina sharqida Rossiya armiyasining «izlari» topildi
Foto: Ukraina Tashqi ishlar vazirligi
Ukraina Donbassda YeXHT tomonidan ilgari qayd etilgan, Rossiyaning eng yangi radioelektron kurash (REK) tizimlari paydo bo‘lganiga oid dalillarni taqdim etadi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligining bayonotida aytilgan.
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, YeXHTning maxsus kuzatuv missiyasi Donbassda Rossiya armiyasida foydalaniluvchi to‘rtta REK tizimini qayd etdi. TIVdan hisoblashlaricha, bu Moskvaning «keskinlashuvga yo‘l qo‘yayotganini» ko‘rsatadi.
Avvalroq, 16 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Viktor Mujyenko Ukraina Rossiya tomonidan «keng ko‘lamli tajovuz»ni qaytarishga tayyorligini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning Donetsk va Lugansk oblastlaridagi qurolli mojarolar yechimi siyosiy sa'y-harakatlarga bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ukrainada Rossiyani ogohlantirishgandi.
Mavzuga oid
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
19:41 / 05.05.2026
Ukraina Chuvashiyaga raketa va dronlar bilan hujum qildi
07:38 / 05.05.2026
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
21:06 / 04.05.2026