O‘zbekiston | 20:50 / 17.08.2018
4420
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Koreya Oliy prokuraturasi o‘zaro hamkorlik  qiladi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi delegatsiyasi Koreya Respublikasining ayrim huquqni muhofaza qiluvchi organlarida qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiyaga O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov boshchilik qildi.

Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari Kim O Su bilan o‘tkazilgan uchrashuvda huquqiy sohadagi kelgusidagi hamkorlik va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Koreya Respublikasi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi oldiga qo‘yilgan umumiy vazifalarni inobatga olgan holda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash zarurati va bunga qat'iy hozirlik ifoda etildi.

Xabarda aytilishicha, tashrif davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqi Komissiyasi raisi, Advokatlar assotsiatsiyasi raisi va Koreya bosh prokurori bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

“Muhokamalar natijasida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan Koreya Oliy prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik Dasturi imzolanishiga erishildi”, - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, tashrif davomida O‘zbek-koreys biznes markazida bosh prokuror Otabek Murodov ishtirokida potensial investorlar bilan brifing o‘tkazildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid