Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Mehmonlarga majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi, mustaqillik yillarida bu yerda olib borilgan ishlar haqida so‘zlab berildi.
O‘zbekistonning me'morchilik an'analari, qadimiy obidalarning mustahkamligi, Tillakori gumbazining naqshinkor jilolari Imomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdi.


Mavzuga oid
09:42
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
15:22 / 07.01.2026