Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imomali Rahmon Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Birinchi prezident qabriga gul qo‘yilib, Qur'on tilovat qilindi.
Mazkur majmuaga har kuni yuzlab yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar ziyoratga keladi. Ular orasida tojikistonliklar ham bor.
Tojikiston prezidentining birinchi prezident xotirasiga hurmat bajo keltirishi xalqimizga ehtirom, mehr-oqibat ifodasi bo‘ldi. Imomali Rahmon Islom Karimovning dafn marosimida ham qatnashgan edi.
Mehmonga majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida so‘zlab berildi.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026